Янгиликлар
Ishga qabul qilishning qanday bosqichlari bor?
Ishga qabul qilishning qanday bosqichlari bor?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 122-moddasiga ko’ra Ishga qabul qilish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
ishga qabul qilish chog‘idagi tanishtirish tartib-taomilini;
mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha taraflarning kelishuvga erishishini hamda shartnomani xodim va ish beruvchi tomonidan imzolashni;
ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilishni hamda ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni.
Bekobod tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rizaqulov Xusniddin Maxamadiyevich