Янгиликлар
2025 yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinishi belgilangan Prezidentning 23.09.2024 yil kungi PQ-330-son qaroriga asosan, 2025 yil 1 yanvardan:
2025 yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinishi belgilangan Prezidentning 23.09.2024 yil kungi PQ-330-son qaroriga asosan, 2025 yil 1 yanvardan:
kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinishi belgilangan.
2025/2026 o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
2025 yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
YaNGI QURILAYoTGAN KO‘P QAVATLI UYLARDAN SOTIB OLAYoTGANDA NIMALARGA E'TIBOR BeRIShI KeRAK?
Bugungi kunda fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan ularning pulini olish orqali firibgarlik jinoyatini sodir etayotganlar ham oz emas.
Ushbu holatda quyidagi masalalarga e'tiborli bo‘lish kerak:
yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning sotuvchisi xo‘jalik yurituvchi sub'ekt sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganmi va ayni damda mavjudmi (tugatilmaganmi)?
qurilish ishlari amalga oshirilayotgan yer uchastkasi bo‘yicha tegishli hujjatlar mavjudmi?
quruvchi firma bozorda o‘z o‘rniga egami?
qurilish loyihasi Qurilish vazirligi huzuridagi «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganmi? Qurilish ishlari mazkur loyiha va ekspertiza xulosasi asosida amalga oshirilmoqdami?
Shuningdek, shartnomaning ayrim bandlariga alohida e'tibor berish lozim.
Va albatta, kvartira sotib olishdan avval yurist maslahatini olishni unutmang.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
Kafillikdan voz kechsa bo‘ladimi?
Ko‘pchilik o‘ylaydiki, kreditga kafillik shartnomasini tuzgach, keyinroq undan voz kechish mumkin va oson. Lekin aslida bunday emas. Kafillik qarzdor majburiyatlari bo‘yicha kafilda ham majburiyat vujudga keltiradi. Qonunchilikka ko‘ra shartnomani bir tomonlama bekor qilish, ya'ni kafillikdan bir tomonlama voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Masalan, kafil shartnoma tuzganidan keyin ishidan ayrilsa, kasal bo‘lib qolsa, qarzdor (kredit olgan tanishi) bilan janjallashib qolsa ham kafillik o‘z kuchida qolaveradi. Kafillik shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun bank bilan kelishish kerak bo‘ladi, bank esa hyech qachon o‘z ta'minoti zarariga harakat qilmaydi. Kafillik qachonki kredit qarzi to‘liq to‘langanda, qarz majburiyati boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki kafillik muddati o‘tib bo‘lgandan keyin tugaydi.
Yana bir yo‘li kafilni almashtirishni so‘rab bankka murojaat qilish, agar tomonlar kelishsa kafilni boshqa shunday shaxsga almashtirish mumkin.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
Moddiy yordam olsam bo‘ladimi?
– Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Oyog‘im sinib, bir oy ishga chiqmadim. Tibbiy muolajalar uchun ishxonamdan moddiy yordam olsam bo‘ladimi?
– Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, umumta'lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatilishi belgilangan.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
Foizga olingan qarz bo‘yicha bilishingiz muhim bo‘lgan qoida.
Har birimiz hayot yo‘limiz davomida qarz munosabatlariga kirishamiz va bu qarzning qaytarilishi ta'minoti sifatida turli vositalardan foydalanamiz. Masalan, qarz shartnomasi, tilxat, garov va hokazo. Majbur bo‘lganda ba'zida foizga ham pul olishga majbur bo‘linadi. Ammo bunday foizda qarz olishda ehtiyot bo‘lgan shart sababi bunda majburiyatni oldindan bajarish boshqa majburiyatni bajarishda farq qiladi.
Masalan, kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatni muddatidan oldin bajarish mumkin. Ya'ni siz bugun 20% hisobida 10 mln so‘m kredit oldingdan bu majburiyatni hatto kredit olingan kunning ertasi kuni ham to‘lashingiz mumkin. Foiz evaziga olingan qarz qoidalari sal boshqacharoq.
Fuqarolik kodeksining 735-moddasiga asosan agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan bo‘lmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qo‘ygan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida qaytarishi kerak. Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. Foiz evaziga berilgan qarz summasi, agar qarz shartnomasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa yoki qarz beruvchining roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. Ya'ni foizga qarz olinganda majburiyatni muddat belgilaydi
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
MANSABDOR ShAXSLAR TOMONIDAN FUQAROLARNING MUROJAATLARINI QABUL QILMASLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasiga ko‘ra;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta'minlamaganlik
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
BUGUNDAN ARIZALAR QABULI BOShLANDI !
mutahassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar OTMga o‘qishga imtiyozli kirishi uchun ularga tavsiyanoma beriladi
Hukumatning 09.06.2022 yil kungi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra,
mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji bor, lekin oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Bunda talabgor Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega bo‘lishi kerak.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi talablarga to‘g‘ri kelishi kerak:
1) o‘rta maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
2) tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
3) o‘rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Qarorda tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman yoki shahar oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1 maydan 1 iyunga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerakligi belgilangan
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
BUGUNGI KUN HOLATIGA O‘ZBeKISTON HUDUDIDA:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;
nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
Bizdan ko‘pchilik so‘rayotgan savollardan biri:
Nikohdan ajratish uchun sudga murojaat qilishda qancha to‘lov qilinadi va qanday xujjatlar kerak bo‘ladi?
Sudga murojaat qilishda:
Nikohdan ajratishga da'vo ariza;
Nikoh guvohnomasi;
Farzandlar bo‘lsa, ularning tug‘ilganlik xaqidagi guvohnomalari;
MFY oilaviy masalalar bo‘yicha komissiya qarori;
Sud xarajati to‘langanligi xaqidagi kvitansiya kerak bo‘ladi.
To‘lov:
Davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari (hozirgi kunda 750 000 so‘m) miqdorida;
Pochta xarajatiga 37 500 so‘m undiriladi.
Takroriy nikohni bekor qilish xaqidagi da'vo arizalardan BHMning 4 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev
QONUNIY NIKOH DAVOMIDA OLINGAN UYNI BO‘LISh UChUN ARIZA BeRSAM SUD ARIZAMNI RAD QILDI.
Oila kodeksining 27-moddasiga ko‘ra,
nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan 3 yillik da'vo muddati qo‘llanilishi belgilangan. Siz qonuniy nikohingiz bekor bo‘lganidan boshlab 3 yil ichida qonuniy nikohingiz davomida olingan uydan ulushingizni talab qilib sudga murojaat qilmaganligingiz da'vo muddati o‘tib ketishiga sabab bo‘lgan.
Yuqoridagi asosga ko‘ra, da'vo muddati o‘tib bo‘lganidan keyin murojaat qilinganligi sababli sud tomonidan da'voning rad etilishi qonuniy hisoblanadi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
YuХKM bosh yuriskonsul’ti
To’ramurod Chegaboyev