Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi


Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

 

“Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 28.04.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra:

2025/2026-o’quv yilidan pedagog kadrlar tayyorlash bo’yicha:

pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo’yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

oliy pedagogik ta’lim yo’nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

2025/2026-o’quv yilidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Universitetning xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan ta’lim yo’nalishlarida dars berish uchun professor-o’qituvchilarni tanlab olish tizimi yo’lga qo’yiladi.

2026/2027-o’quv yilidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yiladi.

2026-yil 1-sentabrdan respublikadagi mavjud pedagogika texnikumlarining o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              S.Marifov