Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Chorvachilikning sutchilik tarmog’i jadal rivojlantiriladi


Chorvachilikning sutchilik tarmog’i jadal rivojlantiriladi

 

“Qishloq xo’jaligini rivojlantirish xalqaro jamg’armasi ishtirokidagi “O’zbekistonning sutchilik sohasida qo’shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ-172-son, 14.05.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, “O’zbekistonning sutchilik sohasida qo’shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli ko’rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi 100 ta sut yig’ish punktini tashkil etish;

865 nafar aholi va dehqon xo’jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;

sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini ishga tushirish.

Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilangan.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              S.Marifov