Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Transport vositalarini piyodalar yo’laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi


Transport vositalarini piyodalar yo’laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun (O’RQ-1055-son, 10.04.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.

Qonunga ko’ra, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo’lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, yo’l harakati ishtirokchilarining harakatiga to’sqinlik qiluvchi noqonuniy to’siqlar va boshqa qurilmalar o’rnatilganligi, yo’nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo’ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog’liq huquqbuzarliklar uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilanishi ko’zda tutilmoqda.

Kiritilgan qo’shimchaga ko’ra, yo’nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo’ldan transport vositalarining harakatlanishi:

BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;

xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:

BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’lishi belgilandi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov