Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o’qish xarajatlari qoplab beriladi


Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o’qish xarajatlari qoplab beriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.02.2024-yildagi PQ-51-son qaroriga ko‘ra, xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda mazkur sertifikatlar boshlang‘ich darajada bo‘lganda 30 foiz, o‘rta darajada bo‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bo‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplanadi.

Bundan tashqari, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov