Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Xususiy nazorat tizimi mexanizmlari shakllantiriladi


Xususiy nazorat tizimi mexanizmlari shakllantiriladi

 

“Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Prezident Farmoni (PF-66-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko’ra, 2025-yil 1-iyuldan:

yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor tomonidan olib boriladi;

xususiy qurilish nazorati obyektlarida qurilish yakuniga yetgandan so'ng loyihachi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida xulosa shakllantiriladi va buyurtmachiga taqdim etiladi;

qurilishi tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tegishli tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limlari tomonidan amalga oshiriladi;

xususiy qurilish nazorati olib borilmaganda yoki nazoratni olib borgan loyihachining ijobiy xulosasi mavjud bo'lmaganda obyektlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

Quyidagilar xususiy qurilish nazorati obyektlari hisoblanadi:

▪️ 2 qavatdan yuqori bo'lmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lmagan yakka tartibdagi uy-joylar;

▪️ qurilish hajmi 300 metr kubdan ortiq bo'lmagan noturar bino va inshootlar hamda yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov