Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasi jadallashtiriladi


Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasi jadallashtiriladi

 

“Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizasiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Prezident qarori (PQ-142-son, 15.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan banklarga va ular huzuridagi investisiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so’ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to’g’ridan-to’g’ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo’lib-bo’lib to’lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi.

Tijorat banklariga qarzdorliklarni so’ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investisiya kompaniyalari orqali to’xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.

2025-yil 1-sentabrdan da’vo arizasi bo’yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko’rib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan 50 baravarigacha oshiriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov