Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga murosasiz munosabat shakllantiriladi


Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga murosasiz munosabat shakllantiriladi

 

“Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ-147-son, 21.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko’ra, davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan xo’jalik jamiyatlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’linmalarining ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

davlat xizmatlarini ko’rsatishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan, raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o’tkazish va yakunlari bo’yicha aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bekor qilish bo’yicha taklif kiritish.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’linmalari o’z faoliyatida bevosita tashkilotning birinchi rahbariga bo’ysunadi va uning oldida hisobdor bo’ladi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov