Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi


Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi

 

“Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 28.04.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko’ra:

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;

Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo’yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.

2025/2026-o’quv yilidan:

Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O’zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;

Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;

akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo’lga qo’yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integrasiya qilinadi.

Universitetning bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig’i                                                                        A.Toshmatjonov