Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo'shib yuboriladi


Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo'shib yuboriladi

 

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident qarori (PQ-160-son, 30.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2025/2026-o'quv yilidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo'shib yuboriladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini 2025/2026-o'quv yilidan Urganch davlat universitetining mos bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali Al-Xorazmiy majmuasi hududida tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabda o'quv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli bo'yicha tashkil etiladi. Bunda:

dastlabki 5 yilda ustuvorlik o'quvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili bo'yicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda esa muhandislikka boshlang'ich tayyorgarlikni ta'minlashga qaratiladi;

o'quvchilar tanlovi umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari bo'yicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktabga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab rahbari, xodimlari va o'quvchilari uchun belgilangan tashkiliy, akademik va moliyaviy shart-sharoitlar tatbiq etiladi.

 

Zangiota tumani Adliya bo’limi,                                   R.Xursanov

YXKM bosh yuriskonsulti