Янгиликлар
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi boshlandi!
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi boshlandi!
Adliya vazirligi tomonidan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga“ aksiyasi o'tkaziladi.
Aksiya 2025-yil may oyi davomida bo'lib o'tadi.
Aksiya doirasida:
uyma-uy bepul huquqiy yordam ko'rsatiladi;
sayyor qabullar tashkil etiladi;
sayyor davlat xizmatlari ko'rsatiladi;
"Huquqiy viktorina" o'tkaziladi;
audiopodkastlar tayyorlanadi.
Bu imkoniyatdan foydalanib, o'z huquqiy bilimlaringizni boyitishingiz mumkin!
Aziz fuqarolar! Sizni ushbu aksiyada faol ishtirok etishga, huquqiy savodxonligingizni oshirish imkoniyatidan unumli foydalanishga chorlaymiz!
Zangiota tumani Adliya bo’limi, R.Xursanov
YXKM bosh yuriskonsulti