Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Bojxona organlari faoliyati samaradorligi oshiriladi


Bojxona organlari faoliyati samaradorligi oshiriladi

“Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-57-son, 25.03.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga asosan, davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari quyidagilar etib belgilandi:

▪️2030-yilga qadar Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) bojxona rasmiylashtiruvi samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini 55-pog‘onadan past bo‘lmagan darajaga ko‘tarish;

▪️2026-yilga qadar bojxona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtiruv ulushini 2 barobarga oshirish;

▪️2028-yilga qadar bojxona ko‘rigini 21 foizdan 15 foizga tushirish;

▪️2030-yilga qadar sunʼiy intellekt elementlaridan foydalangan holda xavfni boshqarish tizimi samaradorligini 2 barobarga oshirish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda quyidagi qulayliklar yaratiladi:

2025-yil 1-iyuldan:

veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi savdo yuklariga tegishli har qanday hujjatlarga muhr va shtamp bosish hamda ularni yozma tarzda ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi, barcha tartibotlar ushbu hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash orqali amalga oshiriladi (tovarlar eksportida xalqaro shartnomalarda qatʼiy belgilangan holatlar bundan mustasno).

2025-yil 1-sentabrdan:

tadbirkorlik subyektlariga bojxona to‘lovlari va bojxona rasmiylashtiruvi uchun boshqa turdagi to‘lovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi, buning uchun yagona g‘azna hisobvarag‘i ochiladi.

2025-yil 1-dekabrdan:

bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi “Tolling operatsiyalari” moduli amaliyotga joriy etiladi.

2025-yil 1-noyabrdan:

o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasi amaliyotga joriy etiladi..

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov