Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Bojxona institutida bakalavriatda dual taʼlim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi


Bojxona institutida bakalavriatda dual taʼlim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga asosan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash hamda bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini ilmiy asoslangan holda o‘rganish uchun Bojxona qo‘mitasi tarkibida Tashqi iqtisodiy faoliyat ilmiy markazi tashkil etiladi.

2026-yil 1-yanvarga qadar Bojxona institutida quyidagi axborot tizimlari joriy etiladi:

▪️taʼlim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha “Taʼlim menejmenti” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

▪️professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligini reyting baholash bo‘yicha “Samaradorlikni baholash” moduli;

▪️bojxona organlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha “Malaka” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

2025/2026-o‘quv yilidan:

bakalavriatda dual taʼlim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

magistraturada to‘lov-kontrakt asosida taʼlim muddati ikki yil bo‘lgan sirtqi taʼlim shakli joriy etiladi.

2025-yil 1-iyuldan sug‘urta tashkilotlari bilan bojxona organlari axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda chegara orqali harakatlanayotgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:

bojxona postiga kirib kelgan avtotransport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida sug‘urta polisini rasmiylashtirish bojxona organlari axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;

Bojxona qo‘mitasining tegishli dasturlari Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi;

chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish fuqarolik javobgarligi to‘g‘risida sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov