Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi


Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

“Aholi tomorqalari va dehqon xo'jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” gi Hukumat qarori (191-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, “Online mahalla” platformasida dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari to'g'risidagi ma'lumotlar onlayn rejimda shakllantiriladi.

2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqalarining yer maydonlari to'liq xatlovdan o'tkazilishi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritiladi.

Shuningdek, namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun qamrab olinadi.

2025-yil 10-aprelgacha ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigi tasdiqlanadi.

2025-yil 20-aprelgacha aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urug' va ko'chatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish tashkil etiladi.

2025-yil 1-maygacha mahallalarda amalga oshiriladigan “yashil” va resurs tejamkor loyihalarning manzilli ro'yxati shakllantiriladi.

Bundan tashqari, “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bog', tokzor, anorzor, gulchilik va ko'chatchilik plantatsiyalarini yaratish hamda rezavor meva yetishtirish bo'yicha yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo'lga qo'yiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov