Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi


Kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga (Reyestrlar) kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:

elektr energiyasi isteʼmoli bo‘yicha – oyiga bazaviy meʼyordan 150 kVt soatgacha;

tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy meʼyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meʼyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                    I.Roziqov