Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi


Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi

 

Qonun (O‘RQ-1020-son, 20.01.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

“O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuridik shaxslarga O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni lisenziya asosida amalga oshirish huquqi beriladi.

“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunga O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi va O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni lisenziyasiz amalga oshirganlik uchun jarimalar miqdorlari belgilanmoqda.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida mineral o‘g‘itlarning va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni hamda O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni lisenziyalaganlik uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda.

Bunda davlat boji, mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatini lisenziyalaganlik uchun BHMning 2 baravari, O‘zbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo‘yicha faoliyatni lisenziyalaganlik uchun BHMning 3 baravari etib belgilandi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              S.Marifov