Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi


Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi

Hukumat qarori (17-son, 17.01.2025 y.) bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Unga ko‘ra:

ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;

ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, quyidagi ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

“UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar;

Soliq qo‘mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                              S.Marifov