Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI


XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga, bir yoshdan 25 yoshgacha —5 yil muddatga, 25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil amal qilish muddatlariga berilishi belgilangan. Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi. 

Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qo‘yilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi. 

Xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqish uchun haqiqiy hisoblanadi

 

 O`rta Chirchiq tumani

Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti A.Ibragimov