Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR


MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga: g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish, ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi, voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish, huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi, huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi, huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi kiradi.

Ma’muriy jazo chorasini qo‘llanuvchi organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida,  ma’muriy huquqbuzarlik uchun  jazoni qo‘llash chog‘ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi, uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinshi belgilangan.

 O`rta Chirchiq tumani

Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti  A.Ibragimov