Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY BERISHI SHART?


ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY BERISHI SHART?

Ish beruvchi xodimning arizasiga koʻra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart:

Ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, boshqa ishga oʻtkazish haqidagi buyruqlarning koʻchirma nusxalarini;

Mehnat daftarchasidan yoxud elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmalarni;

Ish haqi toʻgʻrisidagi, hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatdan toʻlangan soliqlar va yigʻimlar haqidagi, mazkur ish beruvchida ishlash davri toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni va boshqalarni.

Mazkur hujjat nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Ish bilan bogʻliq hujjatlar va ularning koʻchirma nusxalari xodimlarga bepul beriladi.

 O`rta Chirchiq tumani

Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti  J.Bekturdiyev