Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Korrupsiyaga qarshi kurashish-zamon talabi


Korrupsiyaga qarshi kurashish-zamon talabi

            Hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan yemirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Binobarin, bugun kattami-kichikmi, boymi-kambag‘almi, qudratlimi-kuchsizmi bironta davlatni korrupsiyadan xoli hudud, deb hech kim ayta olmaydi.

BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli yiliga 1,5-2,6 trillion dollargacha zarar ko‘rmoqda.

Shu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini ta’minladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.

  O`rta Chirchiq tumani

Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti  A.Ochilboyev