Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Jamiyat ijtimoiy siyosiy, ma’naviy hayotida yoshlarning o‘rni va ishtiroki


Jamiyat ijtimoiy siyosiy, ma’naviy hayotida yoshlarning o‘rni va ishtiroki

Hozirda dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida yoshlar davlat hokimiyatini shakllantiruvchi, uning faoliyatida ishtirok etuvchi, mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida yoshlarning roli sezilarli darajada oshib bormoqda.

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining markazida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonlarini tubdan takomillashtirish va zamonaviylashtirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni kuchli ijtimoiy himoya qilish masalalari turadi. Davlatimiz rahbaritashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hujjatlardir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, respublikamizda olib borilayotgan yoshlarga doir siyosat o‘zining izchilligi bilan alohida ajralib turadi.

Jumladan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, jamiyatimiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarini liberallashtirish vazifasi jamiyat va davlat hayotida yoshlarning roliga yangicha yondashuvlarni qaror toptirish va rivojlantirish bugungi kunning bahs mavzusiga aylandi.

Umuman olganda, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga hamda yoshlarni yuksak ma’naviyatli va yuqori malakali kadrlar qilib tayyorlashga, shuningdek Vatanga xurmat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘tgan qisqa fursat davomida yoshlar siyosatiga doir amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar va ularning ijobiy natijasi bilan har qancha fahrlansak arziydi.

Xulosa qilib aytganda O‘zbekistonda yoshlar siyosati natijasida olib borilgan samarali tadbirlar natijasida mamlakat yoshlari jahon arenalarida ham ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Bu yoshlarning iqtisodiyot, siyosat, sport, ma’naviyat, ilm-fan sohalaridagi yutuqlarida namoyon bo‘ladi. 

  O`rta Chirchiq tumani Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti  A.Ochilboyev