Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

TABIIY GAZDAN OQILONA FOYDALANMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING HUQUQIY MASALALARI


TABIIY GAZDAN OQILONA FOYDALANMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

CHORALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING HUQUQIY MASALALARI

Energetika resurslari qatorida tabiiy gaz muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Chunki dunyo miqyosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ishlab chiqarilayotgan tovarlarning deyarli barchasi energetika tizimi, ayniqsa, tabiiy gaz tarmog‘ining samarali faoliyatiga bog‘liq. Makro va mikro iqtisodiyotning asosini mablag‘ (pul) tashkil etganidek, hozirda barcha ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni harakatlantiruvchi vosita energetika tizimi hisoblanadi. Negaki, maishiy ehtiyojdan tortib, davlatlararo eksport-import masalalarining barchasi energetika tarmog‘ining to‘xtovsiz va samarali faoliyat yuritishi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Energetika manbalari orasida tabiiy gaz o‘z xossalari va imkoniyatlari yuqori ekanligi bilan xarakterlanadi. Shu sababli, tabiiy gazdan maishiy va iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishda ayrim majburiyatlar o‘rnatiladi. Chunki, tabiiy gaz muayyan zaxira bilan chegaralangan boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish va uni asrab-avaylash muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy qonunchiligimizda tabiiy gazdan oqilona foydalanmaganlik, undan xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 477-moddasida energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, mazkur moddaning birinchi qismida “Energiya ta’minoti shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart” ekani ko‘rsatilgan [4]. Ya’ni mazkur qoidaga ko‘ra, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot – hududiy gaz ta’minoti korxonasi yetkazilgan zararni, abonent – iste’molchi esa yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart hisoblanadi. Garchi mazkur norma barcha energiya ta’minoti shartnomalariga doir munosabatlarni huquqiy tartibga solsa-da, uning aksariyat qoidalarini Tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etib bo‘lmaydi.

Shu o‘rinda “zarar” tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak. Fuqarolik kodeksining 14-moddasi ikkinchi qismiga muvofik, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hududiy gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchiga gazni yetkazib bermasligi natijasida iste’molchining mol-mulkiga zarar yetgan yoki shikastlangan bo‘lsa, haqiqiy zarar uchun javobgarlik holati yuzaga keladi.

Bugungi milliy qonunchiligimizdagi tabiiy gazdan oqilona foydalanishni talab etuvchi va oqilona foydalangan iste’molchilarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi normalarni istiqbol talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Energetika huquqini, shu jumladan, tabiiy gaz sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni yanada takomillashtirsh hamda uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan, o‘z ijro mexanizmlariga ega bo‘lgan hayotiy normalardan iborat tarkibda shakllantirishga xizmat qilishi, shubhasiz. Zero, tabiiy gazdan oqilona foydalanishni talab etmay turib, rivojlangan iqtisodiy munosabatlarning munosib ishtirokchisiga aylanish mumkin emas.

O`rta Chirchiq tumani Yuridik xizmat ko`rsatish

markazi bosh yuriskonsulti  A.Ochilboyev