Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Savol: Tasviriy san’at asarlaridan foydalanish huquqi va ergashma huquq nima?


Savol: Tasviriy san’at asarlaridan foydalanish huquqi va ergashma huquq nima?

O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq: Tasviriy san’at asarining muallifi asar mulkdoridan o‘z asarlarini takrorlash huquqini (foydalanish huquqini) amalga oshirish imkoniyatini berishni talab qilishga haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga yetkazib berishni talab qilish mumkin emas.

Tasviriy san’at asariga bo‘lgan mulk huquqining muallifdan boshqa shaxsga (haq evaziga yoki tekin) o‘tishi bu asarning dastlabki sotilishini bildiradi.

Tasviriy san’at asarini oldingi narxdan kamida yigirma foiz yuqori narx bo‘yicha oshkora qayta sotishning (kimoshdi savdosi, tasviriy san’at galereyasi, badiiy salon, do‘kon va hokazo orqali) har bir holatida muallif sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga ega (ergashma huquq). Mazkur huquq boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi va faqat muallifning qonun bo‘yicha merosxo‘rlariga mualliflik huquqining amal qilish muddatiga o‘tadi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir