Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Savol: Turar joy hujjati (orderi)nima?


Savol: Turar joy hujjati (orderi)nima?

 

O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 45-moddasiga muvofiq: Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida mahalliy davlat hokimiyati organi fuqaroga berilgan turar joyga ko‘chib kirish uchun asos bo‘ladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.

Hujjat (order) faqat bo‘sh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin.

Order shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM boshlig‘i                                                                 Avlaqulov Sobir