Янгиликлар
Savol: Kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarga nimalar kiradi?
Savol: Kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarga nimalar kiradi?
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 133-moddasiga muvofiq: Kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari o‘zlariga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonunchilikka va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy to‘lovlar to‘laydi.
Uy-joy obyektining manzili bo‘yicha doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar yuzasidan qonunchilikka va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar bo‘ladi.
Ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarning tariflari va mazkur xizmatlar normativlari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir