Янгиликлар
Savol: Xodimning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati nima?
Savol: Xodimning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati nima?
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 20-moddasiga muvofiq: Mehnat huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘lish layoqati (mehnatga oid huquq layoqati) hamda fuqaroning (jismoniy shaxsning) o‘z xatti-harakatlari orqali mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun mehnat majburiyatlarini olish va ularni bajarish layoqati (mehnatga oid muomala layoqati) O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun teng ravishda e’tirof etiladi.
Chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xuddi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ega bo‘lgan mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Xodimning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati u o‘n olti yoshga to‘lgan paytidan e’tiboran bir vaqtning o‘zida vujudga keladi, bundan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM boshlig‘i Avlaqulov Sobir