Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi qanday?


Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi qanday?

Mehnat kodeksining 135-moddasiga muvofiq, mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi.

Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.

Mehnat shartnomasida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda belgilangan mehnat shartlari mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas. Bundan ish beruvchining mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirish huquqi mustasno.

 

 

Qibray tuman adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                           Abdusatarov Jaloliddin