Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasiga ko‘ra,
Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:
fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:
➖BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
➖5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
➖2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
➖1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
➖5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Qibray tuman adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti Abdusatarov Jaloliddin