Янгиликлар
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham “o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar” tushunchasi ko‘p uchrab turibdi. O‘z-o‘zini band qilish nima? Bu bizga nima beradi?
O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar — bu mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar:
- ish beruvchiga ega bo‘lmaydi;
- ishchi yollamaydi;
- ularga mehnat staji va pensiya hisoblanadi;
- yilda bir marta BHMning bir baravari miqdorida ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘laydi;
- daromadidan soliq to‘lamaydi;
- yuridik shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish uchun bankda hisobraqam ochishi mumkin;
- faqat ruxsat etilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
Angren shahar yuridik markazi
bosh yuristkonsulti: S.Siradjiddinova