Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ish beruvchi bankrot deb topilganligi yoki tugatilganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar


Ish beruvchi bankrot deb topilganligi yoki tugatilganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar

Ish beruvchi bankrot deb topilgan taqdirda, u bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlar ish haqi va o‘zlariga tegishli boshqa to‘lovlar xususida majburiyatlar bo‘yicha o‘zlarining talablari qanoatlantirilishi uchun boshqa barcha kreditorlarning talablariga nisbatan ustuvor huquqdan foydalanadi.

Tugatilayotgan tashkilotlarning mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda,   Aholi bandligi to‘g‘risidagi Qonun 49-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Tashkilotlarning tugatilishi, xodimlar soni (shtati) qisqartirilishi munosabati bilan bo‘shatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olingan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan o‘tayotgan yoki malakasini oshirayotgan xodimlarga stipendiya mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida to‘lanadi.

 

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                                 S.Siradjiddinova