Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Ishsizlik nafaqasining miqdori


Ishsizlik nafaqasining miqdori

Ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsning avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yildagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foizda belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foizda belgilanadi.

Ishsizlik nafaqalari quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so‘nggi o‘n ikki oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan hamda uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida;

ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida yetmish besh foizi miqdorida.

Harbiy xizmatdan, ichki ishlar organlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi organlaridan va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralardan bo‘shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslar yuqorida ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlar asosida ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

Qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshganda ishsizlik nafaqasining miqdori oshirish koeffitsiyentiga teng miqdorda ko‘payadi.

Har oy uchun (shu jumladan ishsizlik nafaqasi to‘lanadigan to‘liqsiz oylar uchun) ishsizlik nafaqasi miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida aks ettiriladi.

 

Angren shahar yuridik markazi

bosh yuristkonsulti:                                                                 S.Siradjiddinova