Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari


Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari

 

Mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ularning xohishiga ko‘ra xizmatlarning quyidagi turlari taklif etiladi:

aholi bandligi masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

murojaat etgan shaxsning kasbiy tayyorgarligiga, ish tajribasiga va mehnat stajiga, yoshiga, sog‘lig‘ining holatiga muvofiq maqbul keladigan ishni taklif etish (mavjud bo‘lgan taqdirda), shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni uyushgan holda ishga qabul qilish doirasida maqbul keladigan ishni izlash;

zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborish;

tadbirkorlikka jalb etish, o‘zini o‘zi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka ko‘maklashish;

kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish;

kasbiy malakani baholash;

aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar olish uchun tavsiyalar berish.

Mahalliy mehnat organlari ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin.

Aholiga, tashkilotlarga va boshqa ish beruvchilarga mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan mehnat bozori holati haqida xabardor qilish bo‘yicha xizmatlar bepul taqdim etiladi.

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li