Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Xalqaro jinoyat nima?


Xalqaro jinoyat nima?

Xalqaro jinoyat bu  xalqaro tinchlik va xavfsizlikka xavf tug‘diruvchi, xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini buzuvchi, davlatlar va millatlarning mavjud bo‘lish asosiga tahdid soluvchi, og‘ir va o‘ta og‘ir xalqaro huquqqa qarshi qaratilgan harakat. Xalqaro huquqning komissiyasi tomonidan tayyorlangan davlatlarning javobgarligi to‘g‘risidagi moddalar loyihasida ko‘rsatilishicha - “davlatlar tomonidan halqaro majburiyatlarni buzishi natijasida vujudga keladigan xalqaro huquqqa zid qilmish, agarda xalqaro hamjamiyatning hayotiy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan majburiyatlarni buzish bo‘lsa, bunday holatlarda xalqaro hamjamiyat oldidagi jinoyat deb eʼtirof etiladi”. Xalqaro jinoyat obyekti bo‘lib, butunjahon tinchligi, xalqaro xavfsizlik; xalqlar va davlatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari; xalqlar va millatlarning o‘zini o‘zi belgilash huquqi; urushning qonun va odatlari bo‘la oladi. Bu kabi jinoyatlar xalqaro tinchlik va xavfsizlik, xalqlarni o‘zini o‘zi belgilash huquqi, inson shaxsini himoya qilish, atrof muhitni himoya qilish prinsiplarini o‘ziga asos qilib olgan xalqaro majburiyatlarni jiddiy buzilishi natijasida sodir etilishi mumkin.

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

boshlig’i Raximberdiyev Olqor Rasuljon o’g’li