Янгиликлар
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bogʼlik xarajatlarni undirish tartibi belgilandi
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va bu bilan bogʼlik xarajatlarni undirish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 13-may kuni 313-sonli qaroriga asosan tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish va ularni qaytarish bilan bogʼliq xarajatlarni undirish tartibi joriy etiladi.
Qarorga koʼra, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi taʼsir choralari qoʼllanadi:
deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamgʼarmasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarini fuqarodan undirib olish;
Migratsiya jamgʼarmasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalarini qaytarib undirish;
1 yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish boʼyicha xizmatlar koʼrsatmaslik.
Deportatsiya qilingan fuqarolar quyidagilar asosida qaytariladi:
▪️ ularning Oʼzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaati;
▪️ ular va yaqin qarindoshlarining Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, hududiy filiallariga murojaati;
▪️ xorijiy davlatlar vakolatli organlari tomonidan taqdim etilgan deportatsiya qilingan fuqarolar boʼyicha maʼlumotlar.
Deportatsiya qilingan fuqarolar ularning transport xarajatlarini moliyalashtirish orqali qaytariladi.
Fuqaroning moliyaviy yordam koʼrsatish toʼgʼrisidagi arizasi ijobiy koʼrib chiqilganidan soʼng 1 ish kunida Migratsiya agentligi va fuqaro oʼrtasida qarz shartnomasi tuziladi.
Shartnomaga muvofiq moliyaviy yordam olgan shaxs ushbu mablagʼlarning oʼrnini 30 kun muddatda qoplashi lozim.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi