Янгиликлар
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
“Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF-78-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.
Аkademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlarida oʼqitish belgilandi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.
2025-yil 1-iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning anʼanaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.