Янгиликлар
Kambagʼal oilalar toifalarga ajratiladi
Kambagʼal oilalar toifalarga ajratiladi
“Kambagʼal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʼra, 2025 yil 15 maydan Kambagʼal oilalar reestriga kiritilgan va ushbu reestrga tushish xavfi boʼlgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab koʼrsatiladi.
“Qizil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga toʼgʼri keladigan oʼrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʼlgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
▪️ aʼzolarining kamida 1 nafari sogʼligʼining holatiga koʼra mehnat qilish imkoniyatiga ega boʼlmagan;
▪️ parvarishga muhtoj aʼzosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi boʼlgan;
▪️ oʼzgalar parvarishiga muhtoj yolgʼiz yashovchi yoki yolgʼiz keksa yoxud yolgʼiz nogironligi boʼlgan shaxsdan iborat boʼlgan;
▪️ boquvchisini yoʼqotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida boʼlgan oila;
“Sariq” toifaga – oila aʼzolarining har biriga toʼgʼri keladigan oʼrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʼlgan hamda aʼzolari sogʼligʼi holatiga koʼra mehnat qilish imkoniyatiga ega boʼlgan oilalar kiritiladi.
“Yashil” toifaga – oila aʼzolarining har biriga toʼgʼri keladigan oʼrtacha oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha boʼlgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
▪️ oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan boʼlsa;
▪️ oilaning Kambagʼal oilalar reestriga kiritilishi ehtimoli yuqori boʼlsa. Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.