Янгиликлар
Nogironligi boʼlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
Nogironligi boʼlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
“Nogironligi boʼlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF-85-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi:
- nogironligi boʼlgan shaxslarning samarali faoliyat koʼrsatishi uchun maxsus xizmatlar tizimini joriy etish;
- nogironligi boʼlgan yoshlarni zamonaviy kasblarga oʼqitish, ularning mehnat bozoriga kirishi uchun qoʼshimcha imkoniyatlar yaratish;
- 2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi boʼlgan shaxsning barqaror bandligi va munosib daromad topishini taʼminlash.
2025-yil 1-iyundan boshlab:
I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subʼektlariga 50 million soʼmgacha subsidiya ajratiladi;
subsidiya surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi;
jismoniy shaxslarga hamrohlik xizmatini oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida koʼrsatishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida Mehnatga layoqatli nogironligi boʼlgan shaxslarning elektron reestri yuritiladi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.