Янгиликлар
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tashkil etiladi
“Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʼrsatish
tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonning asosiy maqsadi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash mexanizmlarini belgilash hamda koʼrsatilayotgan taʼlim xizmatlari sifatini oshirishdir.
Farmonga koʼra, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (Аgentlik) tashkil etiladi.
Аgentlik mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Аgentlik oʼrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʼtkazadi. Bunda:
kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʼtkaziladi;
maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʼlga qoʼyilayotgan taʼlim dasturlari boʼyicha oʼquv jarayoni boshlanishidan oldin oʼtkaziladi.
Shuningdek, Аgentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini oʼrganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar soʼrovnomasini oʼtkazadi.
Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.