Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Аxborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytiriladi


Аxborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytiriladi

 

“Аxborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi Prezident qarori (PQ-153-son, 30.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʼra, Ichki ishlar vazirligi Oʼzbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yoʼnalishida vakolatli organ etib belgilandi.

Oʼz kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash banklar, toʼlov tizimi operatorlari va toʼlov tashkilotlarining ustuvor vazifasi sifatida koʼrsatildi.

Shuningdek, kiberjinoyatni sodir etishda oʼz nomidagi bank kartasi, bank hisobraqami, SIM kartasi hamda elektron hamyonidan foydalanishga yoʼl qoʼygan shaxslar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Banklar, toʼlov tizimi operatorlari hamda toʼlov tashkilotlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibi joriy etiladi.

Jinoyat qonunchiligi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda pul mablagʼlari va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat uchun belgilangan jazo choralari kuchaytiriladi.

Jinoyat sodir etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish javobgarlik hamda jazoni ogʼirlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

 

 

 

 

Angren Shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti Raimjonova Nilufar Ikromjon qizi.