Янгиликлар
Absenteizm nima?
Absenteizm nima?
Absenteizm bu lotincha so’zdan olingan bo’lib “qatnashmagan”ma’nosini bildiradi, shuningdek bu atama – jahon konstitutsiyaviy amaliyotida uchraydigan atama bo‘lib, saylovda ovoz bermaslik va referendumda ixtiyoriy katnashmaslikni bildiradi. Bunda kim deputat yoki davlat boshlig‘i bo‘lishi, masala qanday hal qilinishi saylovchilarni qiziqtirmaydi. Hamda bu atama saylovchilarning saylov jarayonida ishtirok etishdan qochishi, keng tushunchada esa harakatsizlik bilan ifodalanuvchi siyosiy xarakter, elektoral tashabbus, partiyaviy mas'uliyatdan bo‘yin tovlash, miting va namoyishlarda ishtirok etmaslik tushuniladi. Shuningdek, absenteizm ish joyidan hech qachon topish mumkin bo‘lmagan xodimga nisbatan aytiladi, bunday munosabat tarixan individual salbiy xarakter bilan bog‘lanadi.
Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi