Янгиликлар
Advokatlar hay’ati nima?
Advokatlar hay’ati nima?
Advokatlar hay’ati bu aʼzolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti bo‘lgan advokatlik tuzilmasidir. Advokatlar hayʼatining taʼsis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan taʼsis shartnomasidir. Advokatlar hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Advokatlar hay’ati O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonunchiligiga muvofiq o‘zining alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlar hay’ati alohida bo‘linmani ochish to‘g‘risidagi qarori haqida adliya organini oldindan xabardor qiladi.
Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi