Янгиликлар
Apellyatsiya nima?
Apellyatsiya nima?
Apellyatsiya qonuniy kuchga kirmagan sud hukmi, ajrim va qarorlari qonuniyligi, asosligi va adolatliligini tekshirishiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquq instituti. Apellyatsiya lotincha “appelatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “murojaat” degan maʼnoni anglatib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlarini qayta tekshirish instituti sanalib, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxslar hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishlari, prokuror protest keltirishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatlari va protestlari apellyatsiya instansiyasi nomiga yoziladi, lekin hal qiluv qarori chiqargan sudga beriladi.
Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi