Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Apellyatsiya protesti va shikoyati nima?


Apellyatsiya protesti va shikoyati nima?

Apellyatsiya protesti– jinoyat ishlari bo‘yicha qonuniy kuchga kirmagan hukm ustidan shikoyat hukm qarori qaysi shaxslarning manfaatiga taalluqli bo‘lsa, shu shaxslar tomonidan, yaʼni mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar hamda tegishincha bu shaxslarning himoyachilari va vakillari tomonidan beriladi hamda u apellyatsiya shikoyati deb ataladi. Apellyatsiya protesti – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida prokuror tomonidan keltiriladigan (eʼtiroznoma) protest keltirish. Ushbu protest sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Prokuror muayyan ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qatʼi nazar, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan o‘z vakolati doirasida protest keltiradi.

 

Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Aktamova Sitora O’tkir qizi