Янгиликлар
Benefitsiar bu nima?
Benefitsiar bu nima?
Benefitsiar bu majburiyatni taʼminlash usullaridan biri bo‘lgan kafolatda qatnashuvchi taraflardan biri, bankka pul qoʻygan omonat egasi yoki uning merosxoʻri, depozit yoki omonat (jamgarma) sertifikati egasi. Xalqaro amaliyotda benefitsiar deganda kompaniyaga kamida 25 foiz egalik qiluvchi yoki uning faoliyatini jiddiy nazorat qiluvchi jismoniy shaxs tushuniladi. Benefitsiarlarga oid maʼlumotlarning ochiqlanishi korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni samarali tashkil etish uchun muhim maʼlumotlarni beradi.
Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi