Янгиликлар
Bipatrid bu kim?
Bipatrid bu kim?
Bipatrid bu ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo‘lgan shaxs. Xalqaro huquq tomonidan maʼqullanmaydi. Bipatrizm – shaxsning ikki yoki undan oritq davlatning qonunlari asosida ushbu davlatlarning fuqarosi ekanligidan dalolat beruvchi huquqiy holatidir. Ko‘pfuqarolik quyidagi hollarda paydo bo‘ladi: a) hududiy o‘zgarishlarda; b) aholi migratsiyasida; v) fuqarolikni olish to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llashda ziddiyat (kolliziyalar)lar mavjud bo‘lgan hollarda; g) aralash nikoh va farzandlikka olish natijasida; d) naturalizatsiya chog‘ida, agar boshqa davlat fuqaroligini olayotgan shaxs o‘zining haqiqiy fuqaroligini yo‘qotmasa va boshqalar. Ko‘pfuqarolik, bir tomondan, davlat uchun maʼlum ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy afzalliklar yaratsa, ikkinchi tomondan, individning huquqiy xolatini tartibga solishning qulayligini buzadi va jamiyatdagi boshqa shaxsdarning bipatridlar bilan munosabatlarida salbiy aks etilishi mumkin. Bipatrid o‘zi fuqarolikka ega bo‘lgan davlatning qonunlariga asosan huquqlaridan foydalanishga xaqlidir. Bir vaqting o‘zida u ikki tomonlama majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. Bunday huquqiy xolatlarda kolliziyalar paydo bo‘lishi mumkin. Xalqaro amaliyotda ko‘pfuqarolikka nisbatan quyidagi yondashuvlarni ko‘rish mumkin: ikki fuqarolikni taʼqiqlash; ko‘pfuqarolikni tan olish; ikki fuqarolikka ruxsat berish. Shunga ko‘ra, xalqaro amaliyotda ikki fuqarolikka oid shartnomalarning turi farqlanadi. Ko‘pgina davlatlarning qonunchiligida ko‘pfuqarolikni tan olmaslik prinsipi mustaxkamlangan. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida ham xuddi shunday holat belgilangan.
Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi