Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish nima?


Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish nima?

Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish bu– shartnoma tuzilgandan so‘ng hadya qiluvchining moddiy ahvoli jiddiy yomonlashgan bo‘lsa, u kelajakda hadya oluvchiga ashyoni yoki mulk huquqini berish yo bo‘lmasa, uni mulkiy majburiyatdan ozod etish vaʼda qilingan shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila aʼzolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega. Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi havfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli. Manfaatdor shaxsning talabiga binoan sud yakka tadbirkor yoki yuridik shaxsning bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini buzib, bankrot deb eʼlon qilinishidan oldingi bir yil ichida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mablag‘lar hisobidan qilgan hadyasini bekor qilishi mumkin. Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin. Hadya bekor qilingan taqdirda hadya oluvchi hadya qilingan ashyoni, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatda saqlanib qolgan bo‘lsa, qaytarishi lozim.

Angren shahar Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

Aktamova Sitora O’tkir qizi