Янгиликлар
Vakillik hokimiyati nima?
Vakillik hokimiyati nima?
Vakillik hokimiyati xalq yoki uning bir qismi o‘zi saylagan vakillarning maxsus kollegial muassasasi (parlament, munitsipal kengash)dagi birlashmasiga aniq belgilangan muddatga bergan vakolatlar majmui, shuningdek hokimiyat vakillik organlari majmui. "Vakillik hokimiyati" tushunchasi hokimiyat funksiyasidan ham ko‘ra ko‘proq uning tabiatini, uni amalga oshirish usulini tavsiflaydi. Vakillik hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat bilan bir emas, chunki har qanday vakillik hokimiyati ham qonunchilik vakolatiga ega bo‘lavermaydi va aksincha, har qanday qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillik hokimiyati tomonidan amalga oshirilavermaydi (bunga mutlaq monarxning qonun chiqaruvchi hokimiyati misol bo‘la oladi). Qolaversa, vakillik hokimiyati huquq ijodkorligi vakolatidan tashqari, nazorat, ayrim hollarda boshqaruv vakolatlariga va boshqa vakolatlarga ham ega bo‘ladi. Vakillik hokimiyatining xususiyati ko‘p jihatdan vakillik turi bilan belgilanadi. Konstitutsiyaviy huquq fanida tabaqaviy, milliy (xalq), korporativ, konfessional, mintaqaviy va etnik vakillik farqlanadi.
Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi