Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari qanday?


Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobiga ko‘ra; a) Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.

b) Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart. Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

c) Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

d) Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

e) O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

Xulosa

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari — bu jamiyat va davlatni rivojlantirish, tartibni saqlash va huquqni hurmat qilish uchun muhim omillardir. Ushbu burchlar fuqarolarning huquqlari bilan uyg‘un bo‘lib, ular davlat tomonidan ta'minlangan huquq va erkinliklarni amalga oshirishning asosiy sharti bo‘ladi. Konstitutsiya fuqarolarni o‘z burchlarini bajarishga chaqiradi, bu esa jamiyatda ijtimoiy adolat, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarini bajarish, ijtimoiy hamjihatlik va demokratik tizimni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Toshkent Viloyati Olmaliq Shahar Adliya Bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyurist konsulti Xamrayev Rustam Axmedovich